Янгиликлар
02
Targ‘ibot tadbirlari o'tkazildi
Uchquduq tuman Adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tuman Moliya boʻlimida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mohiyatini yoritishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o'tkazildi.
Tadbirda yig'ilganlarga, ushbu qarorni atroflicha tushuntirib o'tib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga oid berilayotgan imtiyozlar haqida ham ma'lumotlar berib o'tildi.
Joylarda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.