Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qiziltepa - tadbirkorlar makoni.


Qiziltepa - tadbirkorlar makoni. Navoiy viloyatining mazkur hududida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Qiziltepalik kishi borki, qaysidir bir sohada tadbirkorlik boshlagan. Adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyev tomonidan qiziltepalik tadbirkorlar murojaatlari hamda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati o‘rganildi.
"Yangi asr" tadbirkorlik sub’yekti nafaqat Qiziltepa tumani balki, viloyatda ham sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha yirik ishlab chiqarish quvvatlaridan biri hisoblanadi. Bu mahsulotlar xalq orasida  "Sofin" brendi bilan mashhur. Mas’ullar bilan muloqot davomida tadbirkorlar bank-kredit va shartnoma munosabatlari, eksport jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha huquqiy tushunchalar olishdi.
Shuningdek, qo‘lqob ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib chiqildi. Maxsus qo‘lqoplar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodda ayni paytda 50 dan ortiq fuqaro ish bilan band.
Mahsulotlarning eksportga chiqarilish ko‘rsatgichi 100 foizni tashkil etadi. Suhbat davomida korxonaning istiqboldagi rejalari qonunchilikka mos ravishda ko‘rib chiqildi.
Jarayonda hududdagi ijtimoiy ob’yektlar ham ko‘zdan kechirildi. Bunda ayniqsa, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, yangi qurilish inshootlari hamda sport majmualari e’tibor markazida bo‘ldi.  Xususan, shaxmat maktabi faoliyati mavjud qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.
Shundan so‘ng, adliya bo‘limi, davlat xizmatlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, va FHDY faoliyati tahlil etilib, xodimlar bilan samaradorlik ko‘rsatgichlari yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Taklif va mulohazalar yozib olindi.