Янгиликлар
02
Navoiy adliya: Davlat xizmatlari endi yanada oson,tez va qulay
Navoiy viloyatida mahallalarda davlat xizmatlardan tez, oson va qulay foydalanish imkonini beruvchi interaktiv kioskalar o'rnatilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, dastlab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur turdagi infokioskalarning taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi.Adliya vazirligi topshirig‘iga asosan, kioskalar faoliyati yanada takomillashtirilib, davlat xizmatlari markazlaridan nisbatan uzoqda ammo, aholi soni ko‘p mahallalarga joylashtirilmoqda.
Navoiy viloyatida mazkur jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilishi nazarda tutilgan.Dastlab 8 ta, keyinchalik 30 ta mahallaga infokioskalar qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.