Янгиликлар
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish
Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-175-son Qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida joriy yilning 14-may kuni o'quv seminari tashkil etildi.
Seminarda shahardagi IIB ma'sul xodimi, oila va xotin-qizlar bo‘limi,shahar adliya bo‘limi, shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-175-son Qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.