Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

# bolalar_ va _yoshlarning_ huquqlari


Navoiy Adliya: Nogironligi bor bo‘lgan bolalar va yoshlarning masalasi o‘rganildi

Bugungi kunda Navoiy viloyatida viloyat Nogironlar jamiyatiga a’zo I, II guruh nogironligi bor shaxslar 25 mingtani tashkil etadi, ularning 8 mingdan ortiqrog‘i yoshlardan iborat. Adliya boshqarmasi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida nogironligi bor bolalar va yoshlar hamda ularning ota-onalari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Muloqot avvalida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan huquqiy aksiya mazmun-mohiyati yuzasidan tushuncha berilib, qonunchilikdagi yangiliklar, bolalar va yoshlar huquqlariga oid tartiblar to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng,  yig‘ilganlarning murojaati tinglandi.  Jismida nuqsoni bor kishi aksariyat hollarda ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘ladi.  Reablitatsiya ko‘riklari, uy-joy va dori-darmon ta’minoti doimiy ehtiyojlardan. Sayyor qabul davomida shu kabi masalalar e’tibor markazida bo‘ldi.
Ayniqsa, nogironligi bor yoshlar uchun oliy ta’limga kirish, tashkilotlarda shu toifadagi fuqarolar uchun mo‘ljallangan ish o‘rinlari, tegishli tashkilotlar tomonidan beriladigan maxsus yo‘llanmalar umumiy nazorati, uy-joy ta’miri, chet davlatlarda davolanish imkoniyati shuningdek, nogironlik aravachalari olish singari masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.