Янгиликлар
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida o‘tkazilgan festival
Tuman adliya bo‘limi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tumanning “Beshrabod” MFYda yoshlar va va ularning vakillari o‘rtasida anjuman o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish hamda ularni joyida hal etish, o‘rganilishi talab etilayotgan holatlar bo‘yicha murojaatlarni qabul qilishga va o‘z vaqtida hamda sifatli ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mazkur tadbir bilan bir qatorda yoshlarimizning vaqtini unumli o‘tkazish maqsadida "Yosh kitobxon", "Kitobxon oila" ko‘rik tanlovlari o‘tkazilib tabdir so‘ngida ularga bo‘lim tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Tabdirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, gazeta muharrirlari hamda soha mutahassislari ishtiroki ta’minlandi.