Янгиликлар
20
Adliya: "Cho'l manzillarida sayyor xizmat.
"Baymurat" va "Ushtobe"da turmush kechirishning noqulay tomonlari bo'lishiga qaramay aholi tirikchilik qiladi, ovullarda yashaydi. Bugun choʼl manzillarida ham odamlar oilaviy va xususiy korxonalar ochmoqda.
Konimex tumani adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimlarining "Baymurat" va "Ushtobe" ovullarida oʼtkazgan sayyor mobil xizmati jarayonida oilaviy va yakka tartibda, ma'suliyati cheklangan jamiyat shakldagi tadbirkorlik sub'ektlari yoʼlga qoʼyildi. Mobil sayyor xizmat tumandan 210 va 240 kilometr uzoqlikda joylashgan ikki ovul odamlarining 52 nafariga davlat xizmatini koʼrsatdi.
Jumladan, MOBIL-ID tizimidan ro'yxatdan o'tkazish, elektron raqamli imzo olish, maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish, sudlangan va sudlanmaganlik haqida ma’lumot, kadastr, suv hisoblagichini yechib o‘rnatish kabi davlat xizmatlari ko'rsatildi. 52 nafar fuqaroning yumushi oʼz ovulida bitdi.