Янгиликлар
20
Adliya vaziri o‘rinbosari faoliyatni o‘rgandi.
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Navoiy viloyatida adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyatini o‘rgandi.
Bunda dastlab binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart- sharoitlar, moddiy- texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishib chiqildi.
Shundan so‘ng, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil etilib, xodimlarning bu sohadagi bilm va ko‘nikmalari o‘rganildi.
Shuningdek,fuqarolarga tez, oson va sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida joriy qilingan “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalar orqali xizmat ko’rsatish tizimi faoliyati, markazlarda fuqarolarni qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor etib borish maqsadida binoda targ‘ibot materiallari va videoroliklarning doimiy qo‘yib borilishi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta’kidlandi.
Ishchi guruh vakillari tomonidan, FHDY organi, FHDY arxivi hamda notarial arxiv faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.