Янгиликлар
23
Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abdullayev Ulugbek Ravshanbekovich tayinlandi.
Ulugbek Abdullayev 1985-yilda Samarqand viloyati, Bog'ishamol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yil Qoraqalpoq davlat universitetini (bakalavr), 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (magistratura) tamomlagan, huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2010-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Ulug'bek Ravshanbekovich Abdullayevni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!