Янгиликлар
27
Ma’muriy islohotlar doirasida
Xatirchi tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ZOOM platformasi orqali amaliy seminar tashkil etildi.
Muloqotda aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish, joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish; fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirib borish yuzasidan belgilangan vazifalar va ularning ijro mexanizmi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi