Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Ma’muriy islohotlar doirasida


Uchquduq tumani Adliya boʻlimi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan "Mahalla yettiligi" bilan seminar tashkil etildi.
Suhbat davomida Farmon bilan adliya organlari zimmasiga belgilab berilgan vazifalar, ma’muriy islohotlarning mazmun-mohiyati xususan, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʼllash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam koʼrsatish, a joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish; fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish yuzasidan ma’lumotlar aytib o‘tildi