Янгиликлар
28
Adliya targʼbot
Navbahor tumani adliya bo‘limi xodimlari tumanning olis manzillaridan biri bo‘lgan "Uchtut" mahalla fuqarolari yig‘inida qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha xonadonma xonadon yurib, targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar. O‘z o‘rnida fuqarolarga huquqiy tushuntirish berish barobarida ularning murojaatlari yuzasidan tegishli tartibda ko‘mak ham berildi.
Shuningdek, hududda aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borilmoqda. Joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etish, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatildi
Fuqaro Feruz Rayimov asalarichilik bilan shug‘ullanish uchun kredit olish bo‘yicha huquqiy tushuntirish so‘ragan, nafaqadagi fuqarolar Rohila Botirova , Norxol Ro‘ziyeva ,Oynisa Shodiyeva , Muqaddam Tursunovalar murojaatiga ko‘ra sanatoriyalarga navbatga qo‘yildi. Bu xizmat fuqarolarning xonadonida sayyor tartibda amalga oshirildi.