Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Geografik koʻrsatkichlar deganda...


Ma'lumki, 2022-yil 3-mart kuni “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan. 
 
Qonunga koʻra, geografik koʻrsatkich tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgidir. 
 
Shuningdek, Qonun bilan quyidagilar belgilandi: 
 
Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organidir; 

Geografik koʻrsatkich muayyan geografik obyektda joylashgan va ushbu obyektning nomidan oʻzi ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun foydalanayotgan bir necha yuridik yoki jismoniy shaxsning talabnomasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin. 
Talabnomaning rasmiy ekspertizasi talabnoma Vazirlikka berilgan sanadan eʼtiboran 15 kunlik muddatda amalga oshiriladi. 
Guvohnoma talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran 10 yil davomida amal qiladi.