Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Oʻzbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti tomonidan boshqariladigan xalqaro konvensiyalar, shartnomalar va bitimlar:


Butunjahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etuvchi Konvensiya (1967-yil 14-iyul); 
 
 Sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Parij Konvensiyasi (1883-yil 20-mart); 
 
 Adabiy va badiiy asarlar muhofazasi bo‘yicha Bern Konvensiyasi (1886-yil 9-sentabr); 
 
 Patent huquqi to‘g‘risidagi shartnoma (PLT) (2000-yil 1-iyun); 
 
 Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnoma (TLT) (1994-yil 27-oktabr); 
 
 O‘simliklar yangi navlari bo‘yicha xalqaro konvensiya (UPOV) (1961-yil 2-dekabr); 
 
 Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga Bayon-noma (1989-yil 27-iyun); 
 
 Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma (PCT) (1970-yil 19-iyun);  
 
 Patent tadbirlari maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashtirishni xalqaro e’tirof etish to‘g‘risidagi Butapesht shartnomasi (1977-yil 28-aprel); 
 
 Belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasi to‘g‘risida Nitsa bitimi (1957-yil 15-iyun); 
 
 Xalqaro patent tasnifi to‘g‘risidagi Strasburg bitimi (1971-yil 24-mart); 
 
 Sanoat namunalarining xalqaro tasnifini ta’sis etish to‘g‘risida Lokarno bitimi (1968-yil 8-oktabr); 
 
 BIMTning mualliflik to‘g‘risidagi shartnomasi (1996-yil 20-dekabr); 
 
 BIMTning ijrochilar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasi (1996-yil 20-dekabr); 
 
 Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqoqnuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (1971-yil 29-oktabr); 

 Ko‘zi ojiz, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to‘g‘risidagi Marokash shartnomasi (2022-yil 12-yanvar);