Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Tengdoshimga huquqiy yordam


Navoiy viloyati yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini tashkil etish yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yuridik texnikum pedagog-xodimlari “Tengdoshimga huquqiy yordam” mavzusida viloyatimiz yoshlariga Adliya vazirligining asosiy faoliyat yo’nalishlari, shu jumladan qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlash, huquqiy ekspertiza faoliyati, xalqaro hamkorlik, huquqiy targ’ibot va O’zbekistonda yuridik fan va ta’limning rivojlanishi yuzasidan 10 dan ortiq maktablarda targ’ibot tadbirlarini amalga oshirdi. 

Qolaversa, mazkur uchrashuvlarda yoshlar tomonidan TDYU boshqa OTM yurisprudensiya yo’nalishlari va yuridik texnikumga o’qishga topshirish tartibi, imtiyozlari yuzasidan muhokamalar qilindi.