Янгиликлар
28
Huquqiy targ‘ibot kuni
KONIMEXDA “ADLIYA KUNI”
"Sho‘rtepa" va "Sho‘rko‘l" – Konimex tumanining olis mahallalaridan biri. “Adliya kuni” loyihasi doirasida mahalla fuqarolarining huquqiy masalalari manzilli o‘rganildi.Bunda dastlab “mahalla yettiligi” bilan uchrashilib, mavjud muammolarning huquqiy yechimi yuzasidan muloqot tashkil etildi.
“Adliya kuni” doirasida sayyor qabul ham o‘tkazilib, hududdagi 4 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqaroga birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilib, kelganlarning 8 nafariga murojaatiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yo‘nalishida huquqiy tushuntirish berilib, 30 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari koʼrsatildi.