Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Ommaviy sayyor qabullar


Navoiy adliya:G‘azg‘onliklarning huquqiy masalalari o‘rganildi

     Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘azg‘on shahrida aholining huquqiy muammolarini o‘rgandi.Jarayon sayyor qabuldan boshlandi.
Ma’lumot o‘rnida, xalq tilida " tosh shahar" nomini olgan G'azg'onda azaldan aholi toshtarishlik bilan shug'ullangan.Hozirda bu yerda marmar, granit singari qurilish materiallari ishlab chiqariladi.Prezident tashabbusi bilan hudud bugungi kunda mazkur yo'nalishda o'ziga xos sanoat zonasiga aylangan. Aholining aoaiy masalasi davlat tashkilotida doimiy ish bilan bandlik, aliment undiruvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironlikni belgilash bilan bog’liq.
Sayyor qabul davomida ham mazkur yo’nalishlarda murojaatlar kelib tushdi. Adliya boshqarmasi tomonidan shaxsga doir va kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarga huquqiy yechim topish, tadbirkorlik faoliyati,  notarial harakatlarga oid bir qator masalalar ko’rib chiqilib, fuqarolarga 20 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shundan so‘ng, hududdagi mahallalarda “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv muloqot qilinib, aholini qiynab kelayotgan tizimli muammolar, ayollar, yoshlar daftari, ijtimoiy riyeestrga kiritilgan fuqarolarning huquqiy masalalari  tahlil etildi hamda mahalla faollari faoliyatiga uslubiy ko’maklashish maqsadida zarur ma’lumotlar taqdim etildi.
Aholining murojaatlari uyma-uy yurgan holda ham o‘rganilib, qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirib borildi.