Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Adliya vazirligi jamoasi Navoiy viloyatida.


Maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi 80-son farmonining viloyat hududidagi ijrosini o’rganish, aholining huquqiy muammolari, ko’rsatilayotgan birlamchi yuridik ko’mak sifati,manzilli huquiy targ’ibot tadbirlari samaradorligi bilan yaqindan tanishish.

Jarayon Navoiy shahar hududidan boshlandi. Dastlab mahalla yettiligi bilan huquqiy muloqot tashkil etilib, fuqarolarning masalasi uyma-uy kirgan holda o’rganildi. Aytib o’tish kerakki shahar hududida bugungi kunda  150 mingga yaqin aholi istiqomat qilmoqda.Asosiy masalalar bandlik, noturar joyni shaxsiy yashash joyi sifatida rasmiylashtirish, subsidiya olish, nafaqaga tayinlash, mehnat munosabatlari bilan bog’liq.