Янгиликлар
09
NAVOIYDA HUQUQIY MASALALAR MANZILLI O‘RGANILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ullari Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi.Bu yerda fuqarolarning huquqiy masalalari, aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmat sifati manzilli o‘rganilmoqda.
Shu maqsadda Xatirchi va Nurota tumanlarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash sharoiti, huquqiy muammolari bilan yaqindan tanishildi.
Nurota tumani o‘zining turizm salohiyati, Nurota kashtalari bilan tanilgan bo‘lsa, Xatirchi tumani uzumlari bilan elda mashhur.
Nurota tumanida bugungi kunda 89 500 nafar aholi 31 ta mahalla mavjud, Xatirchi tumanida esa fuqarolar soni 200 mingdan ortiq, mahallalar 70 taga yetadi.Har ikkala hududda ham aholining daromadi asosan chorvachilik va qishloq xo‘jaligidan.Bandlik, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish,uy-joy ta’miri, aliment undiruvi umumiy masalalar sirasiga kiradi.
Fuqarolar bilan muloqot jarayonida bola puli olish, aliment undiruvi,mehnat munosabatlari, nafaqa tayinlash,notarial harakatlarga oid masalalarda birlamchi yuridik yordam ko‘rsatildi.