Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

QIZILTEPADA “ADLIYA KUNI”


Qiziltepa tumani xalq tilida “tadbirkorlar shaharchasi” deyiladi.Boisi, bu yerda kichik biznes va tadbirkorlik taraqqiy etmoqda. Birgina joriy yilning shu davriga qadar tuman davlat xizmatlari markazi orqali 224 ta tadbirkorlik sub’yekti yuridik shaxs sifatida, 1060 yakka tartibdagi tadbirkorlar oilaviy korxona, dehqon xo‘jaligi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan.
Bugungi kunda hududda 150 mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda.53 ta MFY bor. Asosiy masalalar bandlik, aliment undiruvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtitirish va moddiy yordam olish bilan bog‘liq.Adliya vazirligi mas’ullari ishtirokida tumandagi huquqiy masalalarni o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida shaxsga doir va kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarga huquqiy yechim topish, tadbirkorlik faoliyati,  notarial harakatlarga oid bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Shu bilan bir qatorda, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Farzandini ta’lim muassasasiga, nafaqadagilar uchun esa dam olish maskani navbatga qo‘yish, elektron imzo olish, tibbiy, manzil ma’lumotlari, soliq va kadastr hujjatlari to‘g‘risida ma’lumot olish singari bir qator yo‘nalishlarda davlat xizmatlaridan foydalanildi.
Shuningdek mahalla yettiligiga uslubiy ko‘maklashish maqsadida muloqot tashkil etilib, zarur ma’lumotlar taqdim etildi.