Янгиликлар
12
XATIRCHIDA HUQUQIY MASALALAR MANZILLI O‘RGANILDI
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi birinchi o‘rinbosari tomonidan Xatirchi tumanidagi “Baxshijar” mahallasida huquqiy masalalar manzilli o‘rganildi.
Ma’lumot o‘rnida, “Baxshijar” MFYda bugungi kunda 300 ga yaqin fuqaro va 700 dan ortiq xonadon mavjud.Mahalla tumanning olis hududlaridan biri.Aholi asosan dehqon xo‘jaligi va chorvachilik orqasidan kun kechiradi.Fuqarolarning umumiy muammosi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq.
Uyma-uy yurish jarayonida fuqarolarning nafaqa tayinlash, mutaxassisligiga ko‘ra ishga joylashtirish, nogironlik belgilashda hujjatlarda yuzaga kelayotgan xatoliklar, ta’limga oid yo‘nalishlarda murojaatlar qabul qilindi.