Янгиликлар
23
NAVBAHORDA “ADLIYA KUNI”
Adliya boshqarmasi hamda Navbahor tuman adliya bo'limi, DXM va YXKM xodimlari tomonidan "Navkar", "Sarbozor", "Chorvoqguzar", "Sovungar", "Karvon" mahallalarida uyma-uy yurish orqali "Adliya kuni" tadbirlari o'tkazilib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolar o‘rganildi.
Navbahorliklarning asosiy muammosi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, bandlik, bank-kredit masalalaridan iborat. Hudud ahli muloqot jarayonida aliment undiruvi, notarial harakatlar, nogironlikni belgilash, yer-auksionda ishtirok etish, uy oldi-sotdisi bilan bog‘liq yo‘nalishlarda murojaatlar qildilar.
Bundan tashqari, fuqarolarga sayyor tartibda 100 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.