Янгиликлар
26
NAVOIY SHAHRIDA “ADLIYA KUNI”
Adliya boshqarmasi hamda Navoiy shahar adliya bo'limi, DXM xodimlari tomonidan "Taraqqiyot", "Ma'rifat", "Ziyokor", "Lochin" mahallalarida "mahalla ettiligi" bilan uchrashilib, "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbirlari o'tkazilib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolar o‘rganildi. Moddiy yordam olish, bandlik, bank-kredit masalalari, aliment undiruvi, notarial harakatlar, nogironlikni belgilash, uy oldi-sotdisi bilan bog‘liq yo‘nalishlarda murojaatlarga huquqiy tushunchalar berildi. Bundan tashqari, fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi.