Янгиликлар
26
ADLIYA CHEKKA HUDUDLARDA
Adliya boshqarmasi va Navbahor tuman adliya bo'limi tomonidan hududdagi olis olis manzillar "Halovattepa", "Toshrabot" , "Mehnat" hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi mahallarida huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazilib, aholi muammolar o'rganildi. Har bir manzilda sayyor qabul orqali aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolar bo'yicha maslahatlar berildi va sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.
Suhbat davomida fuqarolarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi "Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida"gi PF-80-son Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan, shuningdek fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.