Янгиликлар
30
ADLIYA MAHALLALARDA
Adliya boshqarmasi hamkorlgida Navoiy shahar adliya bo'limi tomonidan "Zarafshon", "Istiqlol", "Mustaqillik", "G'alaba", "Gulzor" mahallalarida "mahalla ettiligi" bilan o'tkazilgan suhbatlar jarayonida aholi muammolari o‘rganildi. Aslida mahalla xodimlariga hududdagi har bir fuqaroning muammolari kundek ravshan. Adliya idoralari vakillarining huquqiy ko'magi bilan mazkur muammolarga huquqiy yechim topishga erishilmoqda. Qonunchilikda belgilangan huquqiy asoslarga tayanib, shaxsga doir va kadastr hujjatlaridagi noaniqliklar, tadbirkorlik faoliyati, notarial harakatlar, FHDY xizmatlariga oid bir qator masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy ko'mak berildi.