Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Adliya mahalla yettiligi


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Navbahor tumani “Beshrabod” va “Kelachi”MFYlarida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, aholining huquqiy muammolari manzilli tarzda o‘rganildi.
Bugungi kunda “Beshrabod” mahallasida 2800 dan ortiq aholi istiqomat qilmoqda.Fuqarolarning umumiy masalasi uy-joy ta’minoti, yer auksion, subsidiya olish, aliment undiruvi bilan bog‘liq.Muloqot jarayonida mahallada kam ta’minlangan oilalar ro‘yxati, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan fuqarolar, ularning huququiy masalalari  tahlil etilib tegishli tartibda yuridik yordan ko‘rsatish yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Xuddi shunday muloqot “Kelachi” mahallasida ham davom etdi. Aniqlanishicha,4900 nafar fuqaro istiqomat qiladigan mazkur hududda ijtimoiy masalalar qatori shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, nikoh munosabatlari bilan bog‘liq huquqiy masalalar mavjud.
Shundan so‘ng, FHDY faoliyati o‘rganildi.