Янгиликлар
05
XOTIN-QIZLARGA HUQUQIY KO‘MAKLASHILADI
Adliya organlar tizimida “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasiga start berildi.
Aksiya doirasida uyma-uy yurish, sayyor qabullar va “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkaziladi. Sayyor qabullarga manfaatdor tashkilotlar vakillari, notarius, FHDY bo‘limlari, DXM xodimlari va boshqalarni jalb etilib,tadbirlar mahallalarda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda xotin-qizlar ishtirokida tashkil etiladi.
Tadbirlar davomida:
– xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rish;
– xotin-qizlarga qonunchilikda belgilangan kafolatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish;
– huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish;
– tegishli tartibda sayyor xizmatlar (notarius, FHDY va davlat xizmatlari kabilar) ko‘rsatish;
– targ‘ibot materiallari (flayer, banner, qo‘llanma va boshqalar)ni tarqatish;
– boshqa zarur chora-tadbirlar ko‘rish nazarda tutilmoqda
Aksiyada faol ishtirok eting!!!