Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Huquqiy targ‘ibot kuni


Adliya organlari tomonidan haftaning har chorshanbasi “Huququiy targ‘ibot kuni” sifatida belgilangan.Navoiy viloyatida ham mazkur loyiha uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.
“Huquqiy targ‘ibot kuni” har bir tuman (shahar)da tanlangan mahallalarda bo‘lib o‘tayapti.Bunda fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar, muhim hayotiy masalalar yuzasidan huquqiy tushunchalar berilmoqda, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi amalda ko‘rsatib berilmoqda.Uyma-uy yurgan holda targ‘ibot materiallari tarqatilib, fuqaro murojaatlari qabul qilinayapti.Huquqiy masalalar manzilli o‘rganilmoqda.