Янгиликлар
09
Navoiy adliya:Navbahorliklarning huquqiy masalalari o‘rganildi
Navoiy viloyatining qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan tumanlaridan biri Navbahorda ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. "Oq oltin" mahallasi hududida o‘tkazilgan qabulda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Ma’lumot o’rnida, Navbahor tumanida bugungi kunda 117 mingga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Daromad asosan dehqonchilik va chorvachilik orqasidan. Hududni xalq tilida anorchilar maskani ham deyish mumkin. Boisi, Navbahor tumani anor eksporti bo‘yicha respublikada alohida o’ringa ega. Navbahorliklarning asosiy masalasi davlat tashkilotida doimiy ish bilan bandlik, aliment undiruvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog’liq.
Sayyor qabul davomida ham mazkur yo’nalishlarda murojaatlar kelib tushdi. Adliya boshqarmasi tomonidan shaxsga doir va kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarga huquqiy yechim topish, tadbirkorlik faoliyati, notarial harakatlarga oid bir qator masalalar ko’rib chiqildi.
Shu bilan bir qatorda, sayyor tartibda sayyor davlat xizmatlari ko’rsatildi. Farzandini ta’lim muassasasiga, nafaqadagilar uchun esa dam olish maskani navbatga qo’yish, elektron imzo olish, tibbiy, manzil ma’lumotlari, soliq va kadastr hujjatlari to’g‘risida ma’lumot olish singari bir qator yo‘nalishlarda davlat xizmatlaridan foydalanildi.