Янгиликлар
13
"Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak"
Uchquduq tumani Adliya boʻlimi tomonidan "Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak" huquqiy aksiyasi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni hamda "Gender tengligi", "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish"tartibini jamoatchilikka yetkazish maqsadida tuman "Navoiy" MFY da tuman xotin-qizlar bo`limi bilan hamkorlikda sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Qabul davomida nizoli va ajrim yoqasidagi oilalar masalalari, oiladagi zoʻravonliklarga barham berish, ayollar haq-huquqlari va ularga davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida hamda yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha tushuntirishlar berildi.