Янгиликлар
12
ADLIYA YOSHLARNI OILAGA TAYYORLASH MAKTABLARIDA
Mamlakatimizda oilaviy qadriyatlarni asrash, oilaviy ajrimlarning oldini olish maqsadida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maktablari” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Yoshlarni oilaga tayyorlashda xotin-qizlar bilan ishlaydigan tashkilotlar, psixologlar, otinoyilar qatori adliya organlari ham yoshlarning huquqiy bilmlarini oshirib borishda faol ishtirok etishmoqda.Mazkur yo‘nalishda qator seminarlar tashkil etib borilayapti.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Navoiy shaharidagi kasbga tayyorlash “Monomarkazi”da bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda oila kodeksi, oilaviy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, nikoh, mulk, meros masalalarida dastlabki tushunchalar berildi.Tadbir davomida yoshlarga sertifikatlar topshirildi.