Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

ADLIYA VAZIRLIGI STIPENDIYASINING NAVOIYLIK SOVRINDORLARI TAQQDIRLANDI


Navoiy viloyat yuridik texnikumi oquvchilari orasidan 2024/2025 o'quv yilidagi “Adliya vazirligi stipendiyasi” sovrindorlari aniqlandi.

1.Ergashov Azizbek Zafar oʻg‘li 
2.Izamova Hilola Erkin qizi
3.Qaxxarova Aziza Nomozboyevna
4.Abduraufova Sevinch Akmal qizi
5.Saydullayeva Gulzoda Narzullo qizi

         Texnikumning eng yuqori koʻrsatgichlarga erishgan 2-bosqich oʻquvchilariga Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va yuridik texnikum jamoasi omad va ulkan zafarlar tilaydi.


  Ma’lumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi   PF-5987- son “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Adliya vazirligiga adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalari iqtidorli talabalariga (oʻquvchilariga) stipendiyalar va grantlar ajratish vakolati berilganligi munosabati bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oʻquvchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi stipendiyasi taʼsis etilgan.

  Vazirlik stipendiyasi akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan iqtidorli oʻquvchilarga taqdim etilishi belgilangan boʻlib, kunduzgi taʼlim shaklida texnikumning 2-bosqichida oʻqiydigan, taʼlim tilidan qatʼiy nazar eng yuqori koʻrsatkichlarga erishgan 5 nafar oʻquvchiga taqdim etiladi.

  Vazirlik stipendiyasi sohiblari avgust oyining oxirgi 10 kunligida aniqlanib, 1-sentabrdan boshlab, bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari miqdorida o'quv yili yakuniga qadar oyma-oy toʻlab beriladi.

  Vazirlik stipendiyasi sovrindori boʻlgan oʻquvchilar maʼnaviy- maʼrifiy, jamoat ishlarida faol boʻlishi, ilmiy- ijodiy faoliyat bilan shugʻullanishi hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish adliya organlari va muassasalari tomonidan oʻtkazilayotgan loyihalarda faol ishtirok etishi zarurligi belgilab qoʻyilgan.