Янгиликлар
05
SAYYOR QABULLAR
G'azg'on Navoiy viloyatining eng yosh shaharlaridan biri. Bu yerda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.Qabulda adiya organlari ham fuqaro murojaatlarini qabul qildilar.
Aytib o'tish kerak bugungi kunda G'azg'onda 9247 nafar aholi istiqomat qilmoqda.Bolalar uchun 4 ta umumta'lim maktabi, 4 ta DMTT faoliyat olib boradi.4 ta MFY bor."Marmarobod", "Shayxon", "Tumar" va "Guliston".
Sayyor qabul davomida har bir hudud aholisi turli masalalarda mutasaddilarga yuzlandi.
G'azg'onliklar asosan tosh konlarida faoliyat yuritib kun kechiradilar.Ammo, bu yerda fuqarolarning asosiy muammosi doimiy ish bilan bandlik bilan bog'liq.Boisi, tosh konlari ham aksariyat hollarda mavsumiy ishga aylanib bormoqda.Shuningdek, oilaviy munosabatlar, tug'ilish, nikoh guvohnomasini olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda huquqiy ko'maklashish, shartnomaviy masalalar sayyor qabulda adliya organlari tomonidan ko'rib chiqildi.
Bundan tashqari yer auksion, mehnat munosabatlari bo'yicha ham qator murojaat va takliflar kelib tushdi.