Янгиликлар
06
Mening tanlovim_obod Vatan!
Navoiy viloyat adliya organlari tizimida saylov targ‘iboti amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, shu yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktabrda o‘tkaziladi.
Saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazilmoqda. Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanadi.
Ayni paytda Joylardagi davlat xizmatlari markazlarida ham soylov qonunchiligiga oid targ‘ibot materiallari joylashtirilib, fuqarolarga mazkur yo‘nalishda tushunchalar berib borilmoqda.