Янгиликлар
06
Adliya yoshlar
Adliya organlari tomonidan yoshlar masalalari uyma-uy yurgan holda o‘rganilib, muammolarini ijobiy hal etish maqsadida huquqiy ko‘klashib borilmoqda.Navoiy viloyatida ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar bardavom.
Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xatirchi tumanidagi “Qo‘shchinor” mahallasi yoshlari bilan uyma-uy yurgan holda uchrashdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, “Qo‘shchinor” mahallasida shu kunga qadar 10 nafar ishsiz yosh, 21 nafar og‘ir toifa, 94 nafar maktab o‘quvchisi, oliy ta’lim muassasida o’qiydiganlardan 118 ta, 96 nafar migrantlar va professional ta’lim muassasalaridan 30 nafar yosh ro‘yxatga olingan.Ular bilan doimiy ravishda huquqiy, psixologik va madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib borilmoqda.
Ayni paytda, adliya aralashuvi bilan 9 nafar yoshning bandligi ta’minlandi, 2 nafarining murojaatiga ko‘ra o‘qishi qayta tiklab berildi. 3 nafar yosh bir oylik, 2 nafari 1 yillik harbiy xizmatga yuborildi.
Bu galgi muloqot davomida ham yoshlarning bandlik, harbiy xizmat, shartnomaviy masalalardagi murojaatlari o’rganish uchun adliya ish yurituviga qabul qilindi.