Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Tadbirkorlar uchun milliy brendlarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash doirasida seminar tashkil etildi


Navoiy viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni yaratishga ko‘maklashish maqsadida, muhim seminar tashkil etildi. Prezidentimizning "Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan ushbu seminar tadbirkorlik subyektlarini mazkur qarorning mazmun-mohiyati bilan tanishtirishga qaratildi.

Seminar Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasining viloyat hududiy boshqarmasi, hamda viloyat hokimligining eksport bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi. Ushbu tadbirda 20 nafardan ortiq salohiyatli tadbirkorlar ishtirok etishdi. Seminarning asosiy maqsadi tadbirkorlarga o‘z brendlarini yaratishda va xorijiy bozorlarga chiqishda yordam berish, shuningdek, tadbirkorlik sohasidagi yangi imkoniyatlar va qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan tanishtirishdan iborat edi.

Tadbirkorlar seminar davomida milliy brend yaratishning ahamiyati, nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilishning strategiyalari, hamda ushbu jarayonni osonlashtiruvchi yuridik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida keng ko‘lamda ma'lumot olishdi. Shuningdek, viloyat eksport bo‘limi vakillari tadbirkorlarga yangi bozorlarni o‘zlashtirish va eksport hajmlarini oshirish yo‘llari haqida ma’lumot berishdi.

Seminar davomida qatnashchilar o‘zlarining kelgusidagi rejalarini, mahsulotlarini jahon bozorida tanitish va milliy brend yaratish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirgan holda, seminar nihoyasida o‘z bilimlarini amaliyotga tatbiq etishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.

Bunday tadbirlar tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy brendlarni xalqaro miqyosga olib chiqishda katta ahamiyat kasb etadi.

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi matbuot xizmati