Янгиликлар
09
ZARAFSHONDA SAYLOV TARG’IBOTI
Zarafshon shahar adliya bo'limi, DXM va FHDY xodimlari tomonidan "Oltinvodiy" MFY da “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida saylov qonunchiligi targ‘iboti amalga oshirildi. Fuqarolarga uyma-uy yurgan holda saylov qonunchiligiga oid tartiblar tushuntirilib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolari ham o'rganildi.
Tadbir davomida mahalla binosida fuqarolar uchun davra suhbati o‘tkazilib, saylov o‘tkazish tartibi bilan bir qatorda aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushunchalar ham berildi.