Янгиликлар
10
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TERRORIZM VA EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHNING HUQUQIY ASOSLARI TAHLIL ETILDI
Navoiy viloyati Milliy gvardiyasi qo’riqlash boshqarmasida "O'zbekiston Respublikasida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari" mavzusida o’quv seminar o’tkazildi.
Seminarda Navoiy viloyati yuridik texnikumi direktori o’rinbosari Dilshod Murtazayev ma’ruza qildi.
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da, 2000-yil 15-dekabrdagi “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi 167-II-sonli Qonunning mazmun-mohiyati, bunda Milliy gvardiyaning vazifalari haqidagi ma’ruza savol va javoblarga boy bo’ldi.
Mazkur seminar ZOOM dasturi orqali viloyat Milliy gvardiyaninng barcha tuman va shahar bo’linmalariga ham uzatildi.