Янгиликлар
24
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi
Navoiy viloyat adliya boshqarmasida "Rahbar va yoshlar" tadbiri doirasida uchrashuv o'tkazildi. Unda Navoiy Davlat Pedagogika instituti, Konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari hamda viloyat Yuridik texnikum o'quvchi yoshlari qatnashdi.
Tadbir ishtirokchilari uchun boshqarma binosida adliya organining maxsus ko'rgazmasi tashkil etildi. "Rahbar va yoshlar" uchrashuvida adliya idoralari va ularning bo'linmalari borasida ma'lumot berildi. Uchrashuvda yoshlar tizim faoliyatiga oid savollariga olgan javoblari bilan bilim ko'nikmalarini oshirdilar.