Янгиликлар
12
ADLIYAGA MUROJAAT YUBORISH
“ONLINE-MAHALLA” platformasini adliya organlarinng tegishli elektron bazasiga integratsiya qilish orqali mahallalar kesimida fuqaro murojaatlarini adliya idoralariga tog‘ridan-to‘g‘ri yuborish imkoniyati yaratildi.
Bundan tashqari, mazkur platform orqali qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati aks etgan targ‘ibot materiallari ham “mahalla yettiligi” va fuqarolarga tanishtirib borish uchun yuborilmoqda.
Adliya boshqarmasida hokim yordamchilari uchun “online mahalla” platformasi orqali murojaatlarni yuborish, targ‘ibot materiallarini qabul qilish va tarqatish bo‘yicha amaliy-seminar tashkil etildi. Olis hududda faoliyat yuritayotganlar ZOOM ilovasi orqali tadbirda ishtirok etdilar.
Muloqotda nainki, murojaatni onlayn yuborishning texnik tartibi balki, murojaatlarni mazmuniga ko‘ra farqlash, tegishliligi bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish yuzasidan ham huquqiy tushunchalar berildi.