Янгиликлар
23
Saylov qonunchiligi targ‘iboti
Uchquduq tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman Mudofaa bo'limiga qarashli 99818- harbiy qismda saylov qonunchiligi targ‘iboti tashkil etildi.
Bunda saylov jarayonlarini tashkil etish tartibi haqida so'z yuritilib shu yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktabrda o‘tkazilishi saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazilmoqda. Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanashi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir so'ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berilib saylov qonunchiligi yuzasidan tarqatma materiallar flayer va bukletlar tarqatildi.