Янгиликлар
25
Uchquduq tumandagi 10-sonli musiqa va san’at maktabida viloyat huquqiy organlari rahbarlarining aholi bilan ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Uchquduq tumandagi 10-sonli musiqa va san’at maktabida viloyat huquqiy organlari rahbarlarining aholi bilan ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda adliya boshqarmasi boshlig'i U.Abdullayev tomonidan fuqarolarning huquqiy masalasi joyida o'rganilib, ijobiy hal etish choralari ko'rildi.
Bunda shaxsga doir hujjatlarni va kadastr hujjatlarni rasmiylashtirishga huquqiy ko'maklashish, meros, shartnomaviy munosabatlarga oid murojaatlar e'tibor markazida bo'ldi. Muloqot davomida fuqarolarning huquqiy masalalardan tashqari, bandligini ta’minlash, salomatligini tiklash, kontrakt to‘lovlari, bir qator moliyaviy masalalarda moddiy yordam so‘rab qilgan murojaatlar, probatsiya hisobidagi fuqarolar murojaatlari va sud, soliq va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlar ham ko'rib chiqildi.