Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“HUQUQIY KO‘MAK” AKSIYASINING NAVBATDAGI MANZILI NUROTA TUMANI


“HUQUQIY KO‘MAK” AKSIYASINING NAVBATDAGI MANZILI NUROTA TUMANI
Adliya organlari tizimida ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan "Huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilayotganligi xususida xabar berilgan edi. Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarning navbatdagisi Nurota tumanida tashkil etildi.
Sayyor qabul shaklida bo‘lib o‘tgan tadbirda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab chiqqan fuqarolar va ularning qarindoshlari ham ishtirok etishdi.
Muloqot davomida asosiy e’tibor, bandlik, moddiy yordam, bank-kredit masalalariga qaratildi. Adliya xodimlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.