Янгиликлар
29
Adliya yoshlar muammolari hal etilmoqda
Adliya yoshlar muammolari hal etilmoqda
Konimexlik Maftuna Saidaxmatova adliya idoralari otalig‘iga olingan. U viloyatdagi adliya organlariga biriktirilgan 1350 nafar yoshning biri. Ikki nafar voyaga yetmagan bolaning onasi. Yosh oila bugun ham nafaqadagi ota-onasi bilan birga yashaydi. Bu oilada yana ikki o‘g‘il uyli joyli bo‘lishi kerak. Barcha harakat alohida uy joyga ega bo‘lish, moliyaviy erkinlikka erishishga qaratilgan.
Maftuna Saidaxmatova murojaatiga ijobiy yechim topilib, unga tikuv mashinasi berildi. Xullas, Maftuna uyidagi mo‘jazgina tikuvxonasidan oilasiga daromad topa boshladi. Buyurtmalar birin-ketin yangi g‘oyalarni amalga oshirish, aniqrog‘i tadbirkorlik qilish uchun yo‘l ocha boshladi. Maftuna Saidaxmatova tikuvchilik qilish bilan birga albatta oliy ta’limda sirtdan bo‘lsada o‘qishni niyat qildi. Bu borada ham u adliya xodimlarining huquqiy ko‘magiga suyandi.