Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Navoiy viloyatida bo'lib turibdi. Maqsad aholining huquqiy muammolarini manzilli o'rganish, "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishish hamda huquqiy xizmatlar sifatini tahlil etishdan iborat.

Dastlabki manzil Nurota tumani. Bu yerda "Chashma" tarixiy qadamjosi va madaniy meros ob'ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, sektor mas'ullari ishtirokida muloqot bo'lib o'tdi.
Shundan so'ng, hududdagi G'afur G'ulom MFYda "mahalla yettiligi" bilan uchrashuv tashkil etildi.
Aytib o'tish kerak,"O'zining turizm salohiyati, kashtalari bilan elda mashhur bo'lgan Nurotada bugungi kunda 31ta mahalla bor, aholi soni 90 mingga yaqin. Nurotaliklarning asosiy masalasi bandlik, aliment undiruvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va kommunal to‘lovlar bilan bog‘liq.
G'afur G'ulom mahallasida esa ayni paytda 3000 dan ortiq aholi istiqomat qilmoqda.Oilalar soni 686 tani tashkil etib, ulardan 168 tasi kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kiritilgan
Muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalar, " Online mahalla" platformasida samarali ishlash, huquqiy masalalar yechimida unikal yondashuvlar e'tibor markazida bo'ldi.