Янгиликлар
16
Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada oson bo'ladi!
“O‘ZBEKISTON — 2030” Strategiyasiga asosan YIDXPda joriy etilgan davlat xizmatlari “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirilmoqda.
Hozirgi vaqtga qadar 100 ga yaqin ommabop davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida talab etiladigan ortiqcha ma'lumotlar olib tashlandi. Bu esa fuqarolarga davlat xizmatlaridan yanada qulay va tezkor foydalanish imkoniyatini bermoqda.
Kelgusida nimalar qilinadi?
Joriy yilning 15 oktabr kuni Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan har bir davlat xizmatini avtomatlashtirish va talab qilinadigan hujjatlarni qisqartirish bo'yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Asosiy maqsad – barcha xizmatlarni avtomatlashtirish va sodda shaklga keltirish hamda yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan foydalanib, fuqarolarga eng sifatli xizmatlarni taqdim etishdir.