Янгиликлар
30
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
Adliya vaziri Navoiy viloyatidagi o'rganishlar davomida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Nurota tumanidagi "Trade production international" MCHJ marmar va granit plitkalar ishlab chiqarishga ixtisodlashgan. Uning umumiy qiymati 5 million dollar. Mazkur tadbirkorlik sub'ekti bugungi 120 metr kub mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
"Primer textile" mas'uliyati cheklangan jamiyatida hozirda 500 nafardan ortiq xotin-qiz mehnat qilmoqda. Bu yerda maxsus liboslar va bolalar kiyimlari eksporti yo'lga qo'yilgan.
Adliya vaziri muloqot davomida bank-kredit, soliq va shartnomaviy munosabatlarga oid masalalar bilan tanishib huquqiy tavsiyalar berdi.