Янгиликлар
30
Adliya vaziri A.Tashkulov Navoiy viloyatidagi o‘rganishlar davomida Navoiy shahrida bo‘lib, “Chinor” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.
Adliya vaziri A.Tashkulov Navoiy viloyatidagi o‘rganishlar davomida Navoiy shahrida bo‘lib, “Chinor” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.
Bunda “online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlar hamda masalalarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. Adliya vaziri tomonidan huquqiy muammolarni tizimli o‘rganish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi..
Shundan so‘ng, Adliya vaziri shahar hududidagi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishib, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida qatnashdi.
Muloqot davomida, yoshlarda vatanga sadoqat, ilm olishga intilish, mamlakatdagi islohotlarga daxldorlik hissini oshirib borish xususida so‘z yuritilib, huquqshunoslik kasbining jozibadorligi tushuntirildi.