Янгиликлар
31
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Navoiy viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Gʻozgʻon shahar adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, YXKM, FHDY faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Navoiy viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Gʻozgʻon shahar adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, YXKM, FHDY faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Muloqot mobaynida Gʻazgʻon shahrida huquqiy xizmatlar sifati, “mahalla yettiligi” bilan ishni tashkil etish, huquqiy targʻibot targʻibot masalalari eʼtibor markazida boʻldi. Shuningdek, davlat xizmatlari, FHDY, YXKM faoliyati ham tahlil etildi.
Shuningdek, adliya vaziri Navoiy shahrida boʻlib, “Chinor” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Bunda “online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlar hamda masalalarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. Adliya vaziri tomonidan huquqiy muammolarni tizimli oʻrganish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shundan soʻng, adliya vaziri shahar hududidagi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishib, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida qatnashdi.
Muloqot davomida, yoshlarda vatanga sadoqat, ilm olishga intilish, mamlakatdagi islohotlarga daxldorlik hissini oshirib borish xususida soʻz yuritilib, huquqshunoslik kasbining jozibadorligi tushuntirildi.