Янгиликлар
01
Adliya vaziri Xatirchida davlat xizmatlari koʻrsatdi
Adliya vaziri Xatirchida davlat xizmatlari koʻrsatdi
Adliya vaziri A.Toshqulov Navoiy viloyatida boʻlib turibdi. Aholining huquqiy masalalarini, huquqiy xizmatlar sifatini oʻrganish Xatirchi tumanida davom etmoqda.
Xatirchi Navoiy viloyatining eng katta hududlaridan biri. Bu manzilda aholi soni 200 mingdan ortiq, 39 mingta xonadon va 70 ta mahalla bor. Hudud ahlining asosiy masalasi bandlik, mehnat munosabatlari, kadastr hamda shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq.
Adliya vaziri tomonidan hududdagi “Bogʻishamol” MFY da “mahalla yettiligi” bilan oʻtkazilgan muloqotda mazkur masalalar atroflicha tahlil etdi.
Shundan soʻng, adliya boʻlimi, davlat xizmatlari va FHDY faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Adliya vaziri tomonidan fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov kunning ikkinchi yarmida Qiziltepa tumanida boʻldi. Mahalla yettiligi bilan uchrashuv “Boʻlakrobot” MFYda oʻtkazildi. Muloqot davomida vazir “onlayn-mahalla” platformasi orqali fuqaro murojaatlarini kuzatdi.
Bugungi kunda Qiziltepa tumani aholisi 163 100 nafarga teng. Mahallalar soni 53 ta. Fuqarolarning asosiy masalasi bank-kredit, shartnomaviy munosabatlar, kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish, nafaqa va aliment undiruvi, bilan bogʻliq. Muloqot davomida mazkur masalalar huquqiy jihatdan tahlil etildi.